28 jan 13:17
Yangiliklar
Futbol

Tojiev va SHarofetdinovning "T-Tim" klubi 0:5 hisobida yutqazdi
Kecha Malayziya Superligasining 2-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tdi.
Farhod Tojiev va Dilshod SHarofetdinov to'p tepayotgan "T-Tim" klubi safarda "Paxang" mehmoni bo'lib 0:5 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bahs tugagach mehmon jamoa muxlislari yirik hisobda yutqazgan o'z futbolchilariga o'yin uchun minnatdorchilik bildirishdi va ularga tasalli berishdi.
O'z navbatida futbolchilar ham safardagi o'yinga kelgan o'z muxlislarini yoniga borib ulardan uzr so'rashdi.
Malayziya Superligasi
"Paxang" - "T-Tim" 5:0
Gollar: Sumare 14, M.Alves 55, 74, Xeo Jae Von 66, B.Dayk 85
Havola :
Manba : championat.asia
Fikrlar