24 avg 15:42
Yangiliklar

Tokio-2020 Paralimpiadasidagi licenziyamiz to'rttaga etdi
Biroz avval parakanoechimiz Azizbek Abdulhabibov KL2 yo'nalishida kechgan bahsda Tokio-2020 Paralimpiadasiga licenziya qo'lga kiritdi.
Final bellashuvida yurtdoshimiz marra chizig'ini to'rtinchi bo'lib kesib o'tdi. Reglamentga ko'ra, finish chizig'ini kesib o'tgan dastlabki 6 qayiq egalari Tokio Paralimpiadasining yo'llanmasiga ega bo'ladi.
Parakanoe bo'yicha JCH. Vengriya
KL2-200 metr, erkaklar.
1. Kurtis Makgret (Avstraliya) – 42.35
2. Federiko Mankarella (Italiya) – 42.80
3. Skot Mertlyuu (Yangi Zelandiya) – 43.51
4. Azizbek Abdulhabibov (O'zbekiston) – 43.77
SHu tariqa terma jamoamizning Tokio-2020 Paralimpiya o'yinlariga qo'lga kiritgan licenziyalari soni 4 taga etdi. Bundan avval parakanoeda Hayitmurod SHerqo'ziev va SHahnoza Mirzaeva, shuningdek, o'q otishda Server Ibragimov ham yo'llanma egasiga aylangan edi.
Fikrlar