23 avg 17:41
Yangiliklar

Tokio-2020 Paralimpiadasiga uchinchi yo'llanma qo'lga kiritildi
Quvonarlisi, biroz avval o'tkazilgan navbatdagi bellashuv delegaciyamiz uchun omadli yakunlandi.
Ayollar o'rtasida KL3 yo'nalishida 200 metr masofaga kechgan bellashuvda SHahnoza Mirzaeva oltin medal qatorida Tokio-2020 Paralimpiada yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Parakanoe bo'yicha JCH. Vengriya
KL3-200 metr, erkaklar.
1. SHahnoza Mirzaeva (O'zbekiston) – 47.29
2. Laura SHugar (Buyuk Britaniya) – 47.32
3. SHahlo Behruzirod (Eron) – 48.95
Eslatib o'tamiz, mazkur musobaqada terma jamoamizning boshqa bir vakili Hayitmurod SHerqo'ziev VL3 yo'nalishida marraga to'rtinchi bo'lib etib kelib, u ham Tokio Paralimpiadasi yo'llanmasiga ega bo'lgan edi. SHu tariqa delegaciyamizning Tokio-2020 Paralimpiadasidagi yo'llanmalari soni 3 taga etdi. Bu borada o'q otishda Server Ibragimov dastlabki licenziya egasiga aylangan edi. Tokio Olimpiadasiga esa hozircha Denis Istomin va Olga Zabelinskayaning muvaffaqiyatlari bilan ikkita licenziya olingan.
Fikrlar