27 avg 08:33
Yangiliklar
Engil atletika, Tokio-2020
![](/upload/storage/179591_220.jpg)
Tokio-2020: Sabina Suxanova saralashda ishtirok etdi
Bundan biroz avval Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o'yinlarida para engil atletikaning T37 klassida ayollar o'rtasida 200 metr masofaga yugurish bo'yicha saralash bahslari yakunlandi.
Ushbu yo'nalishda startga chiqqan hamyurtimiz Sabina Suxanovaga biroz omad etishmadi. Hamyurtimiz 29.26 soniya vaqt bilan marraga 5-o'rinda etib keldi. Afsuski, Sabinaning bu natijasi uning finalda ishtirok etishi uchun kifoya qilmadi.
Malumot uchun, Sabina Suxanova yana 100 metrga yugurish va uzunlikka sakrash bo'yicha ham bahslarda ishtirok etadi.
Havola :
Manba : paralympic.uz
Fikrlar