31 avg 17:42
        Yangiliklar	
	
				
				    Suv sporti turlari			    
				
				
			
				Tokio-2020 yo'llanmasi uchun harakat qilayotgan suv polosi bo'yicha terma jamoalarimiz Serbiyada yig'in o'tkazishmoqda
Tokio-2020 Olimpiya o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritishni niyat qilgan suv polosi bo'yicha O'zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoalari ham licenzion musobaqalarga tayyorgarlikni qizg'in olib bormoqda.
			Terma jamoalarimiz shu kunlarda Serbiyaning Kikinda shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inlarini olib borishmoqda.
Yig'in doirasida vakillarimiz bir qator nazorat uchrashuvlarini ham o'tkazishdi. Unda vakillarimiz Serbiya, Vengiya, Slovakiya kabi jamoa vakillari bilan muvaffaqiyatli o'yin olib bordilar. Mazkur yig'in 4 sentyabrga qadar davom etadi. Bu terma jamoalarimiz uchun yil so'ngida Tokio Olimpiadasiga yo'llanma beruvchi qitaviy musobaqaga tayyorgarlikning asosiy bosqich vazifasini bajarib beradi.

            Havola            :         
                    Manba                : olympic.uz
            
			
Fikrlar