27 apr 08:07
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Toshkentda sinxron suzish bo'yicha “Suv parisi” xalqaro turniri boshlandi
Poytaxtimizda sinxron suzish bo'yicha ananaviy o'tkazib kelinayotgan “Suv parisi” xalqaro musobaqasi start oldi.
“Olimpiya shaharchasi”da tashkil etilayotgan turnirning ochilish marosimida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya Milliy agentligi hamda O'zbekiston Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari, World aquatics byurosi azosi SHahnoza Mirziyoeva, Kasaba uyushmalari hamda Uzbekistan aquatics federaciyalari raisi Qudratilla Rafikov, Sport vaziri Adham Ikramov, Milliy Olimpiya qo'mitasi raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov ishtirok etdi.
Bu yilgi bellashuvlarda O'zbekiston, Rossiya, Qozog'iston va Belarusdan 180 nafar sportchi turli yosh toifalarida g'oliblik uchun kurash olib boradi. Bugun musobaqa o'z yakuniga etadi.






Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar