17 mar 09:22
Yangiliklar
Suv sporti turlari
Qita birinchiligida sovrindor bo'lgan suv polochilarimiz Jahon chempionatiga yo'llanma olishdi
Malayziyada suv polosi bo'yicha U18 yosh toifasidagi Osiyo chempionati bo'lib o'tdi.
Unda ishtirok etgan O'zbekiston U18 qizlar jamoasi bronza medalini qo'lga kiritdi.
Hamyurtlarimiz so'nggi turda Singapur ustidan 20:4 ustida g'alaba qozonib, yakunda bronza medaliga ega chiqishdi.
Ahamiyatlisi, ushbu natija jamoamizga joriy yilning avgust oyida mazkur yosh toifasida Ispaniyada kechadigan Jahon chempionati yo'llanmasini ham taqdim qildi.

Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar