So’nggi yangiliklar

12:02Жавоҳир Синдаров "Grenke Open" халқаро мусобақасида иштирок этади 0 11:41Чимаевнинг жамоаси чемпионлик жанги режалаштирилаётганини тасдиқлади 0 11:20EЧЛ. Ярим финал учрашувлари қачон бўлиши эълон қилинди 0 10:58Бивол кейинги жанги тахминан қачон бўлишини айтди 0 10:37Самбо. Бугун Осиё-Океания чемпионатида ёшлар ўртасидаги баҳслар ўтказилади 0 10:15IBF Жалоловнинг вазн тоифасида Элиминатор жангини эълон қилди 0 09:54ЕЧЛ. Ярим финалда "Барселона" – "Интер" ва ПСЖ – "Арсенал" қарама-қаршилиги гувоҳи бўламиз 0 09:33Ёш енгил атлетикачиларимиз Осиё чемпионатини иккита медаль билан бошлашди 0 09:12Игорь Мялин Жаҳон кубогининг иккинчи босқичида қандай натижа қайд этди? 0 08:51Бугундан Ар-Риёдда WBC Гран-приси старт олади, турнирнинг илк куни бир нафар боксчимиз рингга кўтарилади 0 08:30Камбэк амалга ошмади. "Арсенал" "Бернабеу"да ҳам "Реал"дан устун келди ва 1/2 финалга йўл олди + ВИДЕО 0 08:09"К.Коротков турнири". Кечаги баҳсларда биргина Шодиёржон Мелиқўзиев мағлуб бўлди. Ака-ука Дўсматовлар жанги қандай якунланди? 0 07:48Руслан Абдуллаев бўлажак жанги олдидан фотосессияда иштирок этди (ФОТО) 0 07:27Ҳақиқий сенсация! Қувайт Арманистонни мағлуб этиб, Ўзбекистонга катта ёрдам берди. Хоккейчиларимиз бугун навбатдаги ўйинида музга чиқади 0 07:06ЕЧЛ. "Интер" "Бавария" билан жанговар дуранг қайд этди ва 1/2 финалга йўл олди + ВИДЕО 0

14 apr 16:42
Yangiliklar

Boshqalar

Tokiodagi Olimpiya o'yinlari 2021 yilga o'tkazilgani haqida nimalarni bilish kerak? XOQ javob beradi

Xalqaro olimpiya qo'mitasi koronavirus pandemiyasi tufayli Tokiodagi Olimpiya o'yinlari 2021 yilga ko'chirilganligi bilan bog'liq eng ko'p berilayotgan savollarga javoblar berilgan hujjatni tayyorladi.

Ularda Olimpiya o'yinlari muddatini o'zgartirish juda murakkab jarayon ekanligiga etibor qaratiladi.

XOQning Muvofiqlashtiruvchi komissiyasi hozirgi paytda “Tokio-2020” Tashkiliy qo'mitasi, sportning yozgi olimpiya turlari bo'yicha xalqaro sport federaciyalari, 206 ta milliy olimpiya qo'mitalari, sportchilar, homiylar, sheriklar, ko'rsatish va eshittirish kompaniyalari bilan ish olib bormoqda. Muvofiqlashtiruvchi komissiya Olimpiya o'yinlari kelgusi yilga ko'chirilishi bilan bog'liq turli masalalarni ko'rib chiqmoqda.

Malumki, “Tokio-2020” o'yinlari 2021 yil 23 iyuldan 8 avgustgacha bo'lib o'tadi. SHu tariqa Olimpiya o'yinlari tarixda birinchi marta boshqa muddatga ko'chirildi.

XOQning 2020 yilgi Olimpiya o'yinlarini ko'chirish to'g'risidagi qarori Yaponiya hukumati bilan hamkorlikda, mamlakat Bosh vaziri Sindzo Abening shaxsiy ishtirokida birgalikda qabul qilindi va bu koronavirus tarqalishining oldini olishga ko'maklashish, eng avvalo, Olimpiya o'yinlarida ishtirok etayotgan hamma odamlarning, xususan sportchilarning sog'lig'ini saqlash to'g'risida g'amxo'rlik qilish maqsadini ko'zlab qilindi.

Bunda moliyaviy masalalar muhokama qilinmadi, chunki XOQ o'zining tavakkalchiliklarni boshqarish, shu jumladan sug'urtalash bo'yicha siyosati tufayli har qanday holatda o'z faoliyatini davom ettirish va Olimpiya o'yinlarini o'tkazish bo'icha o'z vazifalarini bajarish imkoniyatlariga ega.

XOQning ayrim asosiy sheriklari bilan bitimlarining muddati 2020 yilda tugashi munosabati bilan Tashkilot kelishuvlarni saqlab qolish va bu Olimpiya o'yinlari ko'chirilishi bilan bog'liq bo'lmasligi yuzasidan qaror qabul qildi. Milliy sheriklar huquqlarini kengaytirish “Tokio-2020” Tashkiliy qo'mitasi bilan muhokama qilinadi.

Olimpiya o'yinlarini ko'chirishni muhokama qilishda olimpiyachi sportchilarning fikrlari muhim rol o'ynadi. XOQ ham XOQ Ijroiya qo'mitasining azosi, ham Sportchilar komissiyasining raisi bo'lgan Kirsti Koventri bilan doimiy qalin aloqadadir. XOQ Prezidenti Tomas Bax atletlarning 200 nafaridan ko'prog'i bilan maslahatlashuvlarda ishtirok etdi.

Xalqaro olimpiya qo'mitasining boshlig'i Tokiodagi Olimpiya o'yinlari hozirgi murakkab sharoitlarda umid nuri bo'lishini ko'p marta takidlagan. Ana shundan kelib chiqqan holda Olimpiya mashalasini Yaponiyada saqlab qolish va “Tokio-2020” nomini o'zgartirmaslikka qaror qilindi.

Tomas Baxning aytishicha, musobaqlarni butunlay bekor qilish hech vaqt muhokama qilinmagan, chunki bu 11000 sportchi va 206 milliy olimpiya qo'mitasi, XOQ Qochoqlar olimpiya komandasi, shuningdek tashkilotchilar, ishqibozlar va olimpiya harakati barcha vakillarining umidlarini so'ndirardi.

Yil davomida XOQ faqat Tokiodagi Olimpiya o'yinlarini tashkil etish bilan shug'ullanibgina qolmasdan, shuningdek boshqa yirik musobaqalar: Pekindagi 2022 yilgi qishki Olimpiya o'yinlari va Dakardagi 2022 yilgi o'smirlar Olimpiya o'yinlariga etibor berishi kerak.

Aftidan, xalqaro sport federaciyalariga o'z musobaqalari muddatlariga o'zgartirishlar kiritish, sportchilarga – yangi muddatlarga moslashish talab qilinadi.

Hozirgi paytda XOQ va «Here We Go!» ishchi guruhi barcha manfaatdor tomonlar bilan Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga saralashning yangi tizimini kelishmoqda. Bunda ega bo'lingan 57 foiz licenziyalar ular qo'lga kiritganlarda saqlab qolinadi, kvalifikaciya davri 2021 yil 27 iyunda tugaydi. Bu Yaponiya bilan kelishuvga muvofiq, Tokiodagi 2020 yilgi Olimpiya o'yinlari 2021 yildagi XXXII Olimpiya o'yinlari bo'lib qolishi sabablidir.

Bundan tashqari, Olimpiya xartiyasi principlariga muvofiq milliy olimpiya qo'mitalari Tokiodagi Olimpiya o'yinlarida ishtirok etish uchun sportchilarni tanlash huquqini saqlab qoladi.

“Tokio-2020” Tashkiliy qo'mitasiga olimpiya musobaqalariga sotilgan chiptalar masalasini hal qilish kerak bo'ladi. Yaponiya tomoni, shuningdek Olimpiya o'yinlarida Olimpiya qishlog'i bo'lishi uchun hamma choralarni ko'radi, chunki o'sha er Olimpiada yuragi bo'ladi.

Hujjatda XOQning 185 ta milliy olimpiya qo'mitasining 1600 ta sportchisi va XOQning Qochoqlar olimpiya terma jamoasini qo'llab-quvvatlash davom ettirilishi alohida takidlanadi. XOQning “Olimpiya birdamligi” tomonidan bu haqda tegishli qaror qabul qilingan.

Tokiodagi Olimpiya o'yinlarining ko'chirilishi bo'lajak musobaqaga mezbonlik qiladigan mamlakatni tanlash uchun masul komissiya ishiga tasir ko'rsatmaydi. Bundan keyin ham musobaqalar barcha ishtirokchilar uchun xavfsiz bo'lgan sharoitlarda o'tkaziladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing