So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

05 iyu 08:20
Yangiliklar

Boshqalar

Tokiodagi Olimpiya o'yinlariga tayyorgarlik yo'lida: Umid Ahmadjonov Yaponiyaga jo'nab ketdi

Xabaringiz bor, XXXII yozgi Olimpiya o'yinlariga 2020 yilda Yaponiya poytaxti Tokio mezbonlik qiladi.

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi Prezidenti, mamlakat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov tashkiliy qo'mita rahbarlari bilan uchrashib, muzokaralar olib borish uchun kunchiqar yurtga jo'nab ketdi. MOQ rahbari u erda ko'pgina masalalar bo'yicha muzokaralar o'tkazishi rejalashtirilgan.

Jumladan, “Takasaki Foundation” vice-prezidenti Mitsuo Yuki, Tokioda Olimpiya va Paralimpiya o'yinlari o'tkazish bo'yicha vazir Toshiaki Endo, Yaponiya Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti Cunekadzu Takedalar bilan uchrashuvlar tashkil qilinadi. Tomonlar yaqinlashib kelayotgan Olimpiya o'yinlariga olib borilayotgan tayyorgarlik yuzasidan o'zaro fikr almashadilar.

Qayd etish lozimki, Yaponiya shu paytga qadar uch marotaba Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilgan. 1964 yilda Tokioda yozgi Olimpiada o'tkazilgan bo'lsa, 1972 yil Sapporo, 1998 yilda esa Nagano qishki Olimpiya o'yinlariga mezbonlik qilgan.

Malumot uchun, Umid Ahmadjonov Yaponiyadan to'g'ri Rossiya poytaxti Moskva shahriga yo'l oladi. U erda FIFA Kongressida ishtirok etib, futbol bo'yicha jahon chempionatining ochilish uchrashuvi – Rossiya-Saudiya Arabistoni terma jamoalari o'rtasidagi bahsni “Lujniki” stadionining martabali mehmonlar lojasidan tomosha qiladi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing