11 dek 15:17
Yangiliklar
Boks/MMA
To'rabek Habibullaev - Osiyo chempioni!
Tailandning CHiangmay shahrida boks bo'yicha kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z yakuniga etmoqda.
Bugun erkaklar o'rtasidagi bahslarning final bellashuvlari o'tkazilmoqda. Musobaqada -80 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan To'rabek Habibullaev oltin medal uchun xitoylik Jinxiang Vangga qarshi jang qildi.
Jang to'liq davom etdi va unda To'rabek Habibullaev 4:1 hisobida g'alaba qozonib, Osiyo chempionatidagi debyutini oltin medal bilan yakunlaydigan bo'ldi.
SHu tariqa, O'zbekiston erkaklar terma jamoasining mazkur Osiyo chempionatidagi oltin medallari soni 8 taga etdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar