So’nggi yangiliklar

22:18Емельяненко, Махачев ва бошқалар. Самбо бўйича Жаҳон чемпионати олдидан матбуот анжумани ташкил этилди (ФОТОГАЛЕРЕЯ) 0 19:49Сабирханга ўзбекистонлик нокаутчидан узоқроқ бўлиш тавсия этилди 0 17:29ММА афсонаси Фёдор Емельяненко ва амалдаги UFC чемпиони Ислам Махачев Тошкентга етиб келди + ФОТОРЕПОРТАЖ 0 16:36UFC Илия Топуриянинг қайтиш муддатини маълум қилди 0 16:05Ноябрь ойидаги ўртоқлик учрашларимизнинг бошланиш вақтлари маълум 0 15:34Байсангур Сусуркаев Дамиан Пинас билан жангини тасдиқлади 0 15:03Бобур Абдулазизов Octagon 93 турнирида иштирок этади 0 14:32Дана Уайт Махачевнинг жангдан воз кечишининг сабабини айтди 0 14:01Суперлига. Бугун 27-турга старт берилади 0 13:30Дакар-2026 Олимпиадасида бугун 3 нафар ўзбекистонлик баҳсларга киришади 0 12:59Уайлдер қайтмоқда. У Фьюри - Жошуа жанги андеркардида рингга чиқади + ПОСТЕР 0 12:28Ҳумоюн Бегмуратов — Жаҳон чемпиони! 0 11:56Sofascore. Ҳусанов яна бир бор ҳимоядаги шериклари орасида энг яхшиси 0 11:25Богдан Гусков: "Уиттакер кўчадан келган болакай эмас!" 0 10:54Полина Кудерметова Chennai Open 1/4 финалига йўл олди 0

02 avg 02:00
Yangiliklar

Boks/MMA, Dzyudo, Parij-2024

To'raboevning bronzasi, Mullojonov medalni naqd qildi va boshqa natijalar (6-kun)

1 avgust kuni Parij Olimpiadasining 6-kun bellashuvlari bo'lib o'tdi.

Kun davomida O'zbekiston sport delegaciyasi 1 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Dzyudochimiz Muzaffarbek To'raboev bronza medali sohibiga aylandi. 

O'zbekistonlik sportchilarning bugungi natijalari: 

Akademik eshkak eshish. Anna Prakaten (yarim final) - o'z guruhida marraga 4-bo'lib keldi va medallar uchun kurashish imkoniyatini yo'qotdi.

Dzyudo. Muzaffarbek To'raboev - bronza medalini qo'lga kiritdi!

Dzyudo. Irisxon Qurbonboeva  - ilk bosqichdayoq yaponiyalik raqibasiga yutqazdi.

Boks. Sabina Boboqulova - CHatamat Raksat (Tailand) - 0:5 hisobida mag'lub bo'ldi.

Boks. Ruslan Abdullaev - Vyatt Sanford (Kanada) - 1:4 hisobida mag'lub bo'ldi. 

Boks. Navbahor Hamidova - Morelle Makkeyn (AQSH) - 3:2 hisobida g'alaba qozondi.

Boks. Lazizbek Mullojonov - Marli Keno Machado (Braziliya) - 5:0 hisobida g'alaba qozondi




Ushbu sahifa orqali o'zbekistonlik sportchilarning qayd etayotgan natijalaridan xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi.

SAHIFANI YANGILASH


1:20. Bokschimiz Lazizbek Mullojonov chorak finalda braziliyalik raqibni 5:0 hisobida mag'lub etdi va yarim finalga yo'l oldi!


22:00. Endi 00:50 dan so'ng Lazizbek Mullojonov jang qiladi. Kutamiz!


20:45. BRONZAAAAA!!!! Muzaffarbek To'raboev! Ispaniyalik raqibini mag'lubiyatga uchratib bronza medalini qo'lga kiritdi!


20:10. Boks. Navbahor Hamidova nimchorak finalda amerikalik raqibasiga qarshi ringga ko'tarildi va 3:2 hisobida g'alaba qozonib, chorak finalga yo'l oldi. 


19:38. Muzaffarbek To'raboev ozarbayjonlik raqibga yutqazdi. Endi hamyurtimiz bronza medali uchun kurashadi. Afsus.


19:08. Dzyudo bellashuvlarining kechgi dasturi start oldi. Ikkita jangdan so'ng Muzaffarbek To'raboev tatamiga chiqadi.


16:15. Muzaffarbek To'raboevning yarim finaldagi raqibi ozarbayjonlik Zelim Kocoev raqib bo'ladi. Ushbu bahs taxminan 19:20dan so'ng boshlanadi. 


16:06. Bokschimiz Ruslan Abdullaev chorak finalda kanadalik Vyatt Sanfordga qarshi jang qildi. To'liq davom etgan jangda afsuski hakamlar kanadalik bokschining 4:1 hisobidagi g'alabasini qayd etishdi.


15:35. Muzaffarbek To'raboev chorak finalda Niderlandiya vakiliga qarshi tatamiga chiqdi va IPPON evaziga g'alaba qozondi! Yarim final!


14:32. Bokschi qizimiz Sabina Boboqulova afsuski Tailand vakilasiga 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi va musobaqadagi ishtirokini yakunladi.


14:30. Muzaffarbek To'raboev qozog'istonlik raqibini ippon evaziga mag'lubiyatga uchratdi va chorak finalga yo'l oldi!


14:20. Irisxon Qurbonboeva soniyalar ichida yaponiyalik raqibasiga yutqazdi. Sportchimiz og'ritish usulida raqibasiga mag'lub bo'ldi.  


13:36. Muzaffarbek To'raboevning nimchorak final bosqichidagi raqibi nomi malum. Hamyurtimiz qozog'istonlik Nurlixan SHarxan bilan to'qnash keladi.


12:38. Anna Prakaten yarim finalda marraga 4-bo'lib etib keldi va finalga chiqa olmadi. Afsus. Medallar uchun imkoniyat tugadi Prakatenda. B finallar medallar uchun xech qanday imkoniyat bermaydi.


12:18. Birozdan so'ng akademik eshkak eshuvchimiz Anna Prakaten final yo'llanmasi uchun startga chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing