28 dek 10:10
Yangiliklar
Futbol

Torsten Frings - “Darmshtadt” bosh murabbiyi!
Germaniyalik 40 yoshli sobiq futbolchi Torsten Frings Bundesliga jamoasi “Darmshtadt” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bundan bir necha kun avval “Darmshtadt” klubi rahbariyati endilikda jamoaning sobiq bosh murabbiyi germaniyalik Norbert Meyerni istefoga chiqargan edi.
Torsten Frings bilan 2018 yilning yoziga qadar mo'ljalangan shartnoma imzolandi. SHu paytgacha Frings Bremenning “Verder” klubida bosh murabbiy, ukrainalik mutaxassis Viktor Skripnikka yordam berib kelayotgandi.
Germaniya Bundesligasining 16-turidan so'ng “Darmshtadt” 8 ochko bilan turnir jadvalida so'nggi o'rinni egallab turibdi.
Havola :
Manba : isport.ua
Fikrlar