23 avg 07:30
Yangiliklar
Tennis

To'rt nafar tennischimizdan faqat biri ikkinchi davraga chiqdi
Belarus poytaxti Minsk shahrida o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “Fyuchers” turkumiga kiruvchi turnirda ikkinchi davra ishtirokchilari malum bo'ldi.
Sovrin jamg'armasi 15 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning asosiy to'r bahslarida to'rt nafar tennischimiz o'z imkoniyatini sinovdan o'tkazayotgandi. Ulardan birgina Temur Ismoilov ikkinchi davraga chiqdi.
Ismoilov o'ziga xos “o'zbek derbisi”da yana bir hamyurtimiz SHonig'matjon SHofayzievni 6:1, 7:6(2) hisobida mag'lub etdi. Istedodli tennischimiz Humoyun Sultonov turnirning ikkinchi raketkasi belaruslik Dmitriy Jirmontga 7:6(1), 3:6, 5:7 hisobida yutqazib qo'ydi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar