So’nggi yangiliklar

22:25Бибисара Ассаубаева Синдаровни табриклади + ФОТО 0 21:19Тарихий натижа - Жавоҳир Синдаров "Номзодлар турнири" ғолиби сифатида Жаҳон тожи учун ўйнайди! 0 18:33Таэквондо. Ўзбекистон Жаҳон чемпионатида навбатдаги медалга эга бўлди 0 18:05Осиё чемпионлар лигаси формати ўзгармоқда, “Насаф” ҳам мусобақада қатнашиши мумкин 0 17:43"Менга локацияни юборинг". Анкалаев UFC'га мурожаат қилди 0 17:17Тайсон Фьюри: "Жошуа билан жанг учун шартнома имзолаганман" 0 16:40Пауло Коста: "Агар UFC хоҳласа, камар учун 93 кг.да қоламан" 0 16:16Ўзбекистоннинг U-17 Осиё Кубогига борадиган таркиби аниқ 0 15:39Жон Жонс: "Мен ёмондан кўра кўпроқ яхши инсонман" 0 15:17Шоҳжаҳон Эргашевнинг қозоғистонлик рақибга қарши янги жанг санаси расман маълум қилинди (ПОСТЕР) 0 14:56UFC рейтинги. Богдан Гусков икки поғона пастлади, Пауло Коста ундан юқорига жойлашди 0 14:26Ана холос! "Пахтакор" Аҳмедов шарафига "музлатилган" рақамни ёш дарвозабонига берди 0 14:02Собиқ чемпион Чимаев — Стрикленд жангига тахмин берди 0 13:38Пауло Коста: "UFC билан шартнома бўйича охирги жангим қолди" 0 13:16"Анкалаев кейинги даъвогар бўлиши керак" - Камару Усман 0

07 noy 10:50
Yangiliklar

SHaxmat

To'rt shaxmatchimizning bari Jahon kubogining uchinchi bosqichiga chiqdi

Hindistonning Goa shahrida shaxmat bo'yicha umumiy mukofot jamg'armasi 2 million AQSH dollarini tashkil qiluvchi Jahon kubogi bo'lib o'tmoqda.

Dunyoning 206 nafar shaxmatchisi qatnashayotgan nufuzli musobaqaning 1/64 final bosqichida tay-brek bahslari o'tkazildi. To'rt grossmeysterimizdan ikki nafari - Javohir Sindarov va Nodirbek Yakubboev ikki o'yin natijasiga ko'ra g'alaba qozonib, uchinchi bosqichga yo'l olishgandi. 

Qolgan ikki shaxmatchimiz - Nodirbek Abdusattorov va SHamsiddin Vohidov raqiblari bilan hal qiluvchi tay-brekda o'ynashdi. Abdusattorov qozog'istonlik Denis Maxnevni 2,5:1,5, Vohidov ispaniyalik grossmeyster Maksim CHigaevni 3:1 hisobida mag'lubiyatga uchratdi. 

Grossmeysterlarimizning uchinchi bosqichidagi raqiblari: 

Nodirbek Abdusattorov - Xose Martines Alkantara (Meksika) 

Javohir Sindarov - Nikolas Teodoru (Greciya) 

Nodirbek Yakubboev - Tay Van Nguen (Vetnam) 

SHamsiddin Vohidov - Arjun Ergaisi (Hindiston) 


Nomzodlar turniri yo'llanmasi uchun kechayotgan Jahon kubogining bugungi uchinchi bosqich ilk uchrashuvlari bizning vaqt bilan soat 14:30da boshlanadi. SHamisiddin Vohidovni jiddiy sinov kutib turibdi. U hindistonlik Arjun Ergaisiga qarshi dona suradi. 

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing