So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

19 mar 07:26
Yangiliklar

Osiyo o'yinlari

“Toshkent-2025” obektlarining qurilishi muhokama qilindi + FOTO

Teglar :  Toshkent-2025
Malumki, 2025 yil poytaxtimizda qitamiz sportining eng muhim voqeligi – Yoshlar o'rtasida IV Osiyo o'yinlari bo'lib o'tadi.

Davlatimiz rahbari 2020 yil dekabr oyida “Yoshlar forumi” va Oliy Majlisga yo'llagan Murojaatnomalarida poytaxtimizning 2025 yil yoshlar o'rtasida bo'lib o'tadigan Osiyo o'yinlariga mezbonlik qilishi haqida alohida to'xtalib o'tib, tegishli tashkilotlarga mazkur musobaqani yuqori saviyada o'tkazish va unga munosib tayyorgarlik ko'rish bo'yicha topshiriq bergan edilar. 

Ushbu topshiriqlar ijrosining holati, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish kabi masalalarga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Unda Sportni rivojlantirish vazirining o'rinbosari SHahrullo Mahmudov, MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov, Milliy Paralimpiya qo'mitasi raisi Muxtorxon Tashxodjaev, MOQ raisi o'rinbosari SHerzod Tashmatov, federaciya va associaciyalarning masullari ishtirok etishdi.

Osiyo o'yinlari uchun Qibray tumanida 20 ga yaqin sport turlari bo'yicha musobaqalarni o'tkazish imkoniyatiga ega bo'lgan, yangi Olimpiya shaharchasini barpo etish rejalashtirilmoqda. Bu borada tumandagi “Yangi O'zbekiston” ko'chasida joylashgan 100 gektar er maydonida zamonaviy Olimpiya shaharchasi va sport obektlari qurilishini loyihalash bo'yicha Buyuk Britaniyaning “ARUP” kompaniyasi vakillari o'z taqdimotlarini namoyish qilishdi.

Hozirgi kunda Toshkent shahar hokimligi ko'magida “ARUP” kompaniyasi mutaxassislari tomonidan taqdim etilgan loyiha ustida ish olib borilmoqda. Rejaga ko'ra, qurilish 2 bosqichda amalga oshiriladi. 

Birinchi bosqichda Universal suv havzasi, velotrek majmuasi, badminton saroyi, jamoaviy sport turlariga ixtisoslashgan kompleks, engil atletika stadioni, universal yopiq inshoot, eshkak eshish kanali barpo etilsa, ikkinchi bosqichda yotoqxona, yopiq engil atletika binosi, yakkakurash sport turlari uchun arena, ochiq chim ustida xokkey maydoni qurilishi rejalashtirilmoqda. Umumiy hisobda “Toshkent-2025” yoshlar Osiyo o'yinlari dasturiga 30 ta sport turi kiritilishi ko'zda tutilgan.

Yig'ilish davomida joriy yil Xitoyning SHantou shahrida o'tadigan III yoshlar Osiyo o'yinlariga mamlakatimiz delegaciyasi bilan birga tajriba orttirish maqsadida “Toshkent-2025” tashkiliy qo'mitasi azolarini ham yuborish, yosh sportchilarni hozirdan puxta tayyorlash maqsadida etakchi mutaxassislarni jalb qilish bo'yicha takliflar bildirildi.

SHuningdek, tez fursatda musobaqa Direkciyasining faoliyatini yo'lga qo'yish, loyihalarning smeta-hujjatlarini tasdiqlash, sport obektlarining qurilish ishlarini boshlash masalalar bo'yicha ham fikrlar almashildi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing