So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

31 jan 08:20
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkent 2026 yilgi Butunjahon shaxmat olimpiadasi mezbonligi uchun kurashadi

Teglar :  SHaxmat
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi sport musobaqalari orasida o'zining katta geografiyasiga ega bo'lib, unda tashkilotga azo (FIDE) barcha mamlakat vakillari ishtirok etadi.

SHubhasiz, bunday yirik musobaqani qabul qilish har qanday mamlakatga ham nasib etavermaydi. Butunjahon shaxmat federaciyasi (FIDE) prezidenti maslahatchisi Bereg Balgabaev bilan mazkur mavzu muhokamasiga bag'ishlangan uchrashuv tashkil qilindi. MOQda bo'lib o'tgan rasmiy tadbirda Qo'mita raisi Rustam SHoabdurahmonov, Jismoniy tarbiya va sport vazirining birinchi o'rinbosari Ravshan Irmatov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

“Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida yurtimizda sport targ'iboti bo'yicha katta ishlar olib borilmoqda. Jumladan, 2025 yil Toshkentda Osiyo o'yinlarini qabul qilish va uni yuqori saviyada o'tkazish bo'yicha tegishli topshiriqlar berildi. Ayniqsa, yurtimiz aholisi orasida sportga bo'lgan qiziqishni oshirish uchun Toshkentda xalqaro musobaqalarni imkon qadar ko'proq o'tkazishga etibor qaratilgan. Butunjahon shaxmat Olimpiadasini O'zbekistonda o'tkazish g'oyasini hukumatimiz qo'llab-quvvatlashiga ishonaman. SHaxsan men tadbirlarga tarixiy Samarqand shahrini yaxshi nomzod deb ko'rsatgan bo'lar edim”, – dedi MOQ raisi.

SHuningdek, suhbat davomida 2026 yilda Butunjahon shaxmat Olimpiadasi va uning doirasida FIDE Kongressini ham O'zbekistonda o'tkazish bo'yicha muzokara olib borildi. O'z navbatida MOQ hamda Jismoniy tarbiya va sport vazirligi mutasaddilari FIDE bilan chuqur hamkorlikni yo'lga qo'yishdan mamnun ekanliklarini bildirdilar. Takidlash joiz, martabali mehmon bugun kun davomida poytaxtimizdagi Xalqaro shaxmat akademiyasiga ham tashrif buyurib, u erdagi shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing