04 apr 17:40
Yangiliklar
Taekvondo
Toshkent 4 ta terma jamoa ishtirokidagi xalqaro qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'iniga mezbonlik qilmoqda
Taekvondo WT bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi 1 aprel kuni Toshkent shahridagi associaciyamiz bazasida navbatdagi o'quv-mashg'ulot yig'inini boshladi.
Xuddi shu sanadan poytaxtimizda Braziliya, Vengriya hamda Saudiya Arabistoni terma jamoalari ham katta tarkibda mashg'ulotlarga kirishdi. Qo'shma yig'in 17 aprel sanasiga qadar davom etadi.
Mashg'ulotlarda 4 ta terma jamoadan jami 79 nafar sportchilar ishtirok etmoqda. Takidlash joiz, mazkur qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'ini taekvondochilar uchun oldinda turgan muhim musobaqalar oldidan munosib tayyorgarlik vazifasini bajarib beradi.
Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar