So’nggi yangiliklar

19:16Осиё чемпионатининг аралаш жамоавий баҳсларидаги илк рақиб – Ҳиндистон! 0 18:55ЖЧ-2026`да транспорт шоки: "Метлайф Стэдиум"га бориш 150 долларга тушади! 0 18:34Ҳикару Накамура чемпионлик матчида Гукеш ғалаба қозонадими ёки Жавоҳир деган саволга жавоб берди 0 18:13Авиакомпания Царукянни рейсдан "ечиш" сабабини маълум қилди 0 17:52"Винтаж моделлар" — Шевченко Рози ва Каранони телефонга қиёслади 0 17:31Ўзбекистонлик ҳакамлар U-17 Осиё кубогида ишлайди 0 17:21Гусков билан жанги бекор бўлган Ян Блахович бунга изоҳ берди 0 17:10Карлос Алькарас кетма-кет иккинчи йил ҳам Мадрид "Мастерс"ни ўтказиб юборади 0 17:03Кутилмаган хабар: Богдан Гусков ва Ян Блахович ўртасидаги реванш бекор бўлди 0 16:49Гурлан белбоғли кураш бўйича Ўзбекистон чемпионатига мезбонлик қилади 0 16:28Бокудаги UFC турнирининг асосий жанги маълум 0 16:07"Ливерпуль" ёзда катта "тозалаш" қилмоқчи. Жамоани 9 футболчи тарк этиши мумкин 0 15:46"Чимаев — ўзи истаганини қиладиган бўри" - UFC собиқ чемпиони 0 15:25Алишер Юсупов – Осиё чемпиони! Мусобақани 10 та медаль билан якунладик 0 15:04Гарсия Царукян олдидаги қарзи ҳақида: "Тўламайман!" 0

08 okt 08:19
Yangiliklar

Tennis

Toshkent “CHellenjer”. Asosiy to'rda 6 tennischimiz, ularning ilk raqiblari malum

Xabar berganimizdek, ertaga poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Toshkent “CHellenjer” turnirining asosiy to'r bahslari boshlanadi.

Sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaga qura tashlandi. Unga ko'ra, asosiy to'r bahslarida 6 nafar tennischimiz ishtirok etishi malum bo'ldi. Ularning 4 nafariga turnir tashkilotchilari imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi.

Faqatgina turnirning birinchi raketkasi Denis Istomin hamda mamlakatimizning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziev reytingda egallab turgan o'rinlari bo'yicha asosiy to'rda qatnashishadi.


Qolgan tennischilarimiz - Farrux Do'stov, Temur Ismoilov, Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov esa imtiyozli chipta asosida asosiy to'rga qo'yilishdi.

Biroz avval xabar berganimizdek, mamlakatimiz hamda turnirning birinchi raketkasi Denis Istomin ilk davrada yana bir hamyurtimiz Farrux Do'stovga qarshi kortga chiqadi. Istomin ayni paytda dunyo reytingida 53-o'rinni egallab turibdi.

Tennischilarimizning 1-davradagi raqiblari:

Denis Istomin (O'zbekiston) – Farrux Do'stov (O'zbekiston)

Sanjar Fayziev (O'zbekiston) – Aldin Setkich (Bosniya va Gercegoviniya)

Humoyun Sultonov (O'zbekiston) – Attila Balaj (Vengriya)

Jo'rabek Karimov (O'zbekiston) – Aleksandr Bublik (Qozog'iston, 3)

Temur Ismoilov (O'zbekiston) – Tomas Fabbiano (Italiya, 2)

Reyting: +1   

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing