13 okt 07:46
Yangiliklar
Tennis
![](/upload/storage/20758_220.jpg)
Toshkent CHellenjer. Bugun Istominni jiddiy sinov kutib turibdi
SHu kunlarda poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari tennis maktabi kortlarida Toshkent CHellenjer turniri davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi musobaqaning birinchi raketkasi hisoblangan Denis Istomin bugun yarim final uchrashuvida kortga chiqadi. Uning raqibi ispaniyalik Gilermo Garsiya-Lopes bo'ladi.
Taqqoslash uchun, Istomin dunyo reytingida 51, Lopes esa 105-o'rinni egallab turibdi. Tennischilar shu kungacha o'zaro besh marotaba to'qnash kelishgan. To'rtta bahsda Gilermo, bitta uchrashuvda Denisning qo'li baland kelgan.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar