11 okt 10:44
Yangiliklar
![](/upload/storage/46599_220.jpg)
Toshkent “CHellenjer”. Fayziev va Karimov bugun final chiptasi uchun kortga chiqishadi
Poytaxtimizda o'tkazilayotgan tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir o'zining qizg'in pallasiga kirdi.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning juftlik bahslarida bugun yarim final uchrashuvlari o'tkaziladi. Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayzievdan iborat o'zbekistonlik tennischilar hamkorligi bugun yarim final o'yinini o'tkazadi.
Ularning final chiptasi uchun kechadigan bahsdagi raqiblari T.S.Vayssborn/L.Margoroli juftligi bo'ladi. Uchrashuvning boshlanishi soat 15:30ga belgilangan. Kecha Fayziev va Karimov chorak finalda hindistonlik Narayanasvami/Vardxan juftligini 7:6, 7:6 hisobida mag'lub etishgan edi.
Havola :
Manba : olamsport.com
Fikrlar