10 okt 11:49
Yangiliklar
Tennis

Toshkent “CHellenjer”. Fayziev va Karimovda g'alaba
Poytaxtimizda tennis bo'yicha “CHellenjer” turkumiga kiruvchi turnir davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirda bugun ikkinchi davra uchrashuvlari o'tkazilyapti. Jo'rabek Karimov va Sanjar Fayziev yakkalik bahsida mag'lubiyatga uchraganlaridan so'ng asosiy etiborlarini juftlikdagi ishtiroklariga qaratishyapti.
O'zbekistonlik tennischilar dueti ilk bosqichda belaruslik A.Buriy/YA. SHilo juftligiga qarshi kortga chiqib, 7:5, 3:6, taybrekda 10:8 hisobida zafar quchishdi. Bu bilan ular chorak final yo'llanmasini qo'lga kiritishdi.
Havola :
Manba : olamsport.com
O’xshash yangiliklar
09:04
Ikki kundan keyin Olma-Otada Octagon 73 turniri o'tkaziladi, unda hamyurtlarimiz ham ishtirok etadi 0
Fikrlar