13 okt 16:34
Yangiliklar

"Toshkent CHellenjer". Fayziev yarim finalga chiqa olmadi
Sovrin jamg'armasi 125 ming AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnir kashfiyotiga aylanib ulgurgan hamyurtimiz Sanjar Fayziev bugun yarim final chiptasi uchun kortga chiqdi.
Sanjar ilk davrada shov-shuvli tarzda dunyo reytingida o'zidan 377 pog'ona yuqorida turgan rossiyalik Evgeniy Donskoyni mag'lubiyatga uchratgan edi. Ikkinchi bosqichda ATP reytingida 204-pog'onadan joy olgan qozog'istonlik Aleksandr Needovesov musobaqadan chiqarib yubordi.
Bugun Sanjar Fayziev chorak finalda dunyoning 102-raketkasi, rossiyalik Konstantin Kravchukka qarshi kortga chiqdi. Bu bahsda Kravchuk ikki setda Fayzievni 6:4, 7:5 mag'lub etdi. SHu tariqa, hamyurtimiz musobaqadagi yurishini chorak finalda to'xtatishga majbur bo'ldi.
Fikrlar