08 okt 10:31
Yangiliklar

Toshkent CHellenjer. G'olib qancha "gonorar" va ochkoga ega bo'ladi?
Musobaqaning sovrin jamg'armasi 150 000 AQSH dollarini tashkil qiladi. G'olib tennischi ana shu umumiy summadan 21 600 dollariga ega bo'ladi. Finalchi o'z hamyonini 12 720 dollarga boyitib oladi. CHempion 125, vice-chempion 75 reyting ochkosini qo'lga kiritadi.
Yarim finalga etib
kelgan raketka ustalari 7 530 dollar sovrin jamg'armasi hamda 45 reyting
ochkosini ishlab olishadi. CHorak finalchilarga 4 380 dollar hamda 25 ochko taqdim
etiladi.
Birinchi davrada zafar quchgan tennischilar 2 580 dollar mukofot puli hamda 10 reyting ochkosiga ega bo'lishadi. Asosiy to'rda qatnashganlarning bari natijadan qatiy nazar 1 560 dollarga boyib olishadi. Lekin birinchi davrada mag'lub bo'lgan tennischilarga ochko berilmaydi.
Fikrlar