07 okt 16:43
Yangiliklar
Toshkent CHellenjer. Istomin, Karimov va Sultonovning raqiblari malum
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirga qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi. Unga ko'ra, hamyurtimiz Denis Istomin musobaqaning ikkinchi raqami ostida saralandi. Denis kecha Almati shahrida yakunlangan “CHellenjer” turnirida bosh sovrinni qo'lga kiritgan edi.
Qura natijasiga ko'ra mamlakatimizning birinchi raketkasi ilk davrada italiyalik Federiko Gayoga qarshi kortga chiqadi. Denis ATP reytingida 103, Gayo esa 227-o'rinni egallab turibdi. Ertaga elon qilinadigan reytingda Denis o'z o'rnini birmuncha yaxshilab olishi mumkin.
Istedodli tennischilarimiz Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonovga turnir tashkilotchilari to'g'ridan-to'g'ri asosiy to'rda qatnashish huquqini beruvchi imtiyozli yo'llanma taqdim etishdi.
Jo'rabek birinchi bosqichda turnirning sakkizinchi raketkasi misrlik Muhammad Safvat, Humoyun esa avstriyalik Akira Santilyan bilan munosabatlariga oydinlik kiritib oladi. Bosniyalik Mirza Bashich musobaqaning birinchi raketkasi sifatida harakat qiladi.
Fikrlar