09 okt 07:54
Yangiliklar
Toshkent “CHellenjer”. Sultonov boshdan baland sakray olmadi
Sovrin jamg'armasi 75 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi ushbu turnirning asosiy to'r bahslarida hamyurtimizdan Denis Istomin, Jo'rabek Karimov va Humoyun Sultonov ishtirok etyapti.
Kecha tennischilarimizning Toshkent “CHellenjer” turniridagi ishtirokini Humoyun boshlab berdi. Sultonov avstraliyalik Akira Santilyanga qarshi kortga chiqdi. Bir soatu 34 daqiqa davom etgan bahsda dunyo reytingida 292-o'rinni egallab turgan Yashil qita vakili 7:6(2), 6:4 hisobida g'alaba qozondi. Humoyun reytingning 557-pog'onasidan joy olgan.
Musobaqaning birinchi raketkasi sifatida harakat qilayotgan bosniyalik Mirza Bashich ilk davrada rossiyalik Ivan Nedelkodan 7:5, 6:4 hisobida ustun keldi. Bashich reytingda 75-o'rinni egallab turibdi. Yurtimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa ikkinchi raqam ostida saralangan va u ATP reytingida 87-pog'onani band etgan.
Fikrlar