16 mar 19:34
Yangiliklar
Eshkak eshish
Toshkent dengizida akademik eshkak eshish bo'yicha musobaqalar davom etmoqda
12-15 mart kunlari Toshkent dengizida akademik eshkak eshish bo'yicha O'zbekiston kubogining 1-bosqichi o'tkazildi.
Unda yurtimizning barcha hududlaridan kelgan sportchilar o'z mahoratlarini namoyish qilishdi.
Bellashuvlar paraatletlar toifasida ham o'tkazilib, murabbiylarimiz bu musobaqa orqali xalqaro turnirlar uchun terma jamoa tarkibini yana bir karra shakllantirib olish va sportchilarning jismoniy holatini ko'zdan kechirib olish imkoniyatiga ega bo'lishdi. Murabbiylarni xushnud qilgan narsa shu bo'ldiki, natijalar borgan sari ancha yaxshilanmoqda.
Bugundan etiboran Toshkent dengizida 18 yoshgacha bo'lgan sportchilar o'rtasida O'zbekiston chempionati boshlandi. Mazkur turnir ham yoshlar terma jamoasini shakllantirish va ularni bo'lajak qita va jahon chempionatlariga saralab olish bilan ahamiyatli.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar