09 okt 08:45
Yangiliklar
Toshkent Gran-prisida 12 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi bo'ldik
Sovrin jamg'armasi 100 000 dollardan iborat musobaqada dunyoning 27 ta davlatidan jami 183 nafar sportchi ishtirok etdi. Yakunda O'zbekiston terma jamoasi medallar jamg'arish bo'yicha umumjamoa hisobida ikkinchi o'rinni egalladi.
Hamyurtlarimiz 1 ta oltin, 2 ta kumush, 9 ta bronza, jami 12 ta medalni qo'lga kiritishdi. Jamoamizga yagona oltin medalni -70 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan Gulnoza Matniyozova taqdim etdi. O'z vazn toifalarida Dilshod CHoriev va G'iyosjon Boboev kumush medal bilan taqdirlanishdi.
Boltaboy Boltaev, SHarofiddin Boltaboev, Yahyo Imomov, SHerali Jo'raev, SHarofiddin Lutfullaev, Sardor Nurullaev, Davronbek Sattorov, Hikmatilloh To'raev va Bekmurod Oltiboev bronza medaliga sazovor bo'lishdi.
Isroil terma jamoasi 3 ta oltin, bittadan kumush hamda bronza medali jamg'argan holda umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. Kuchli o'ntalikka Mo'g'uliston, Polsha, Qozog'iston, Sloveniya, Ozarbayjon, Belarus, Avstriya va Tojikiston terma jamoalari yakun yasashdi. Jami 12 ta terma jamoa delegaciyalari hisobida bitta oltin medal bo'ldi.
Fikrlar