So’nggi yangiliklar

23:47Иккала боксчимиз ҳам IV Ёшлар Олимпиадаси финалида! Қозоғистонлик рақиб мағлуб этилди 0 20:11Бразилияда онлайн-ставкалар тақиқланди. Мамлакат футболи 2027 йилда қанча пул йўқотишини ҳисоблаб чиқишди 0 19:40IBF рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 19:09Гандболчиларимиз Покистондаги мусобақада муваффақият қозонишди 0 18:38Хамзат Чимаев: "Уч ойдан бери кутаман - UFC’да мени нима кутаётганини билмайман" 0 18:07"Ливерпуль" сардори келажаги ҳақида гапирди: "Акс ҳолда бошқа жойга кетаман" 0 17:36Айтжан Халмаханов: "Асосий мақсадим — Олимпиада чемпиони бўлиш!" 0 17:05Путиннинг махсус вакили UFC турнирларини Россияга қайтариш устида иш олиб борилаётганини айтди 0 16:34Маурисио Сулаймон: "WBC қоидалари Мейвезерга чемпионлик учун курашишга рухсат беради" 0 16:03МЮ Кэррикни бўшатмоқчи эмас. Клуб раҳбарияти мураббийлар штабини кучайтириш устида бош қотирмоқда 0 15:42Мадримовнинг вазнида бирлаштирувчи чемпионлик жанги ўтказилади 0 15:11WBO рейтинги. Баҳодир Жалолов кучли тўртликка кириб олди 0 14:40Пётр Ян дунёнинг энг яхши боксчисини айтди 0 14:09Ўзбекистон терма жамоаси собиқ мураббийи: "Россия оптимал таркибда майдонга туша олмайди. Бу ўйинда Ўзбекистон фаворит" 0 13:38Шахматчиларимиз Осиё Миллатлар кубогини ғалаба билан бошлашди. Бугун Ҳиндистонга қарши ўйнаймиз! 0

09 fev 09:04
Yangiliklar

Kurash

Toshkent viloyati belbog'li kurash federaciyasi tarkibi yangilandi

Teglar :  Belbog'li kurash
O'zbekiston belbog'li kurash federaciya rahbariyati tomonidan CHirchiq shahrida Toshkent viloyatida belbog'li kurash rivojini yangi bosqichga olib chiqish masalalariga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda O'zbekiston belbog'li kurash federaciyasi raisi Ravshan Dastirov, belbog'li kurash bo'yicha milliy terma jamoa bosh murabbiyi SHavkat Mirzaqulov, hakamlar hayati raisi  Toshkentboy Yaxshiboev, sportchilar va murabbiylar ishtirok etdi.

Dastlab, yig'ilish kun tartibidagi Toshkent viloyati belbog'li kurash federaciyasi raisligi, viloyat federaciyaning rahbariyat tarkibi, shuningdek, jamoa bosh murabbiylarini saylash kabi masalalar ko'rib chiqildi. 

Unga ko'ra, Toshkent viloyati belbog'li kurash federaciyasi raisi lavozimiga Parkent tumani hokimi Sardor Isakulov saylangan bo'lsa, raisning ikki nafar o'rinbosari lavozimiga tadbirkor Bekzod  Boltabaev hamda deputat Zokir Xalmuxamedov nomzodi maqullandi. Federaciya ijrochi direktori sifatida esa Toshkentboy Yaxshiboev faoliyat olib boradigan bo'ldi. 

SHuningdek, kattalar terma jamoa bosh murabbiyligi Iskandar Mahamatovga, yoshlar terma jamoa bosh murabbiyiligi Bahodir SHeranovga topshirildi. Federaciya bosh kotibi sifatida SHahriddin Xayriddinov ish olib borsa, hakamlar hayati raisligi Muhammad Turg'unovga ishonib topshirildi. 

Yig'ilish davomida Toshkent viloyatining barcha tuman va shaharlarida belbog'li kurashni rivojlantirish, ushbu hudud sportchilarining shug'ullanishlari uchun barcha sharoitlarni yaratish, moddiy-texnik bazani yaxshilash, yosh sportchilar orasida selekcion musobaqalar o'tkazish orqali iqtidorli polvonlarni saralash va ularni terma jamoalarga jalb etish, Osiyo va jahon chempionatlari, xalqaro turnirlarda ishtirokini taminlash kabi masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Ilhom RAHMONOV tayyorladi

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing