15 mar 11:52
Yangiliklar
Engil atletika
Toshkent viloyatida “Navro'z” bayramiga bag'ishlangan yana bir yirik marafon o'tkazildi
Kecha, 14-mart kuni Bekobod tumanida tuman hokimligi, tuman Jismoniy tarbiya va sport bo'limi hamda “Yoshlar ittifoqi” tuman kengashi hamkorligida “Navro'z” umumxalq bayramiga bag'ishlangan “Yugurish marafoni” o'tkazildi.
Marafonda 400 nafardan ziyod o'g'il-qizlar ishtirok etishdi.
Musobaqa yakunlariga ko'ra, o'g'il bolalar o'rtasida 19-umumtalim maktabi o'quvchisi Samandar Xoliqov marraga birinchi bo'lib etib keldi hamda g'oliblikni qo'lga kiritdi. Undan so'ng so'ng marraga etib kelgan Jahongir Abdullaev va Azamat Jonmirzaevlar ikkinchi va uchinchi o'rinlarni qayd etishdi.
Qizlar o'rtasidagi bahslarda esa 52-umumtalim maktabi o'quvchisi Nihola Bahromova birinchi, 8-umumtalim maktabi o'quvchisi Zokirova Safura ikkinchi hamda 52-umumtalim maktabi o'quvchisi Ro'zigul Ro'zimurodova uchinchi pog'onani egallashdi.
Marofon so'nggida g'olib va sovrindorlarga homiylarning diplom va esdalik sovg'alari topshirildi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar