So’nggi yangiliklar

11:04Тони Кроос мураббийлик фаолиятини бошлаши мумкин 0 10:33Бугун ҳам Жаҳон чемпионатида тўрт нафар дзюдочимизга мухлислик қиламиз (Жуфтликлар) 0 10:02Пётр Ян: "Мовсарнинг Волкни мағлуб этиш учун иккита варианти бор" 0 09:31Асу Алмабаевнинг мураббийи UFC камари собиқ даъвогарига қарши жанг учун тайёргарлик режасини ошкор қилди 0 09:02Суперлига. Бугун Тошкент дербиси бор, "Пахтакор" пешқадамга айланиб оладими? 0 19:54Чемпион Сильва Шевченкога навбатга туришни таклиф қилди 0 19:23Арман Царукяннинг рақиби маълум, сана ва манзил ҳам + ПОСТЕР 0 18:52Ғалабалар сари бораётган ёшлар 0 18:21Гвардиола "Манчестер Сити"га қайтмоқда 0 17:50Кроуфордни қийнаган Исроил Мадримов беш йил ўтиб яна Тошкентда жанг қилади. Бу Исроил учун қанчалик аҳамиятли жанг? 0 17:19Сўнгги воқеалар фонида Жермелл Чарло Хайме Мунгияни жангга чорлади 0 16:48Стрикленд UFC’даги адолатсизликка ишора қилиб, боксга ўтиш ҳақида ўйлаётганини айтди 0 16:17"Радник" бош мураббийи: "Шукуровнинг трансфери клубимиз даражаси ўсганини кўрсатади" 0 15:46Хайме Мунгияга Ўзбекистонда жанг ўтказиш таклиф қилинди 0 15:15Пётр Ян қандай ҳолатда ярим енгил вазнда UFC камари учун жанг қилишини айтди 0

07 fev 14:39
Yangiliklar

Ot Sporti

Toshkent viloyatida ot sportini rivojlantirish bo'yicha keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda

Teglar :  Ot sporti
Keyingi yillarda mamlakatimizda yilqichilik va ot sportini rivojlantirish, ushbu sport turini aholi o'rtasida keng ommalashtirish maqsadida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 18 fevraldagi PQ-4194-son “O'zbekiston Respublikasida yilqichilik va ot sportini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qaroriga muvofiq ot sporti bazalari tashkil etish va mavjudlaridan oqilona foydalanish qo'yildi.

Toshkent viloyati yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi qoshida ham ot sporti bilan muntazam shug'ullanish uchun sharoit mavjud bo'lsada, bu erda malakali murabbiy va sportchilarga bo'lgan sharoit talab darajasida emas edi.

SHu boisdan Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i tomonidan viloyatda ot sporti bilan shug'ullanuvchilar sonini oshirish va yaqin kelajakda ushbu sport turi bo'yicha mahoratli sportchilani etishtirishga alohida etibor qaratilmoqda.

Boshqarma boshlig'i Komiljon Adilov yakka kurash turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va o'smirlar sport maktabi qoshidagi ot sporti bazasinining bugungi holatini o'rgangan holda bu erdagi malakali mutaxassislar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda kerakli kadrlarni jalb etish va ularni munosib rag'batlantirish masalalarini muhokama qildi va IBO'SMda ot sporti bo'yicha mehnat qilayotgan har bir mutaxassisga boshqarmaning qimmatbaho sovg'alarini topshirdi.

SHuningdek, boshqarma tomonidan murabbiylar va sportchilar uchun maxsus sport formalari taqdim etildi. Umid qilamizki, tez orada bu kabi islohotlar o'z samarasini berib, xalqaro maydonlarda O'zbekiston sharafini munosib himoya qiladigan qator sportchilar etishib chiqadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing