So’nggi yangiliklar

15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0 10:41Махачев Доғистон ҳақидаги ҳазил билан Волкановскининг янги соч турмагига муносабат билдирди (ФОТО) 0 10:10Исломбек Исмоилов: "Биз фақат Роналдуга эмас, балки бутун "Ал Насср" жамоасига қарши ўйнаймиз" 0 09:39"Бу ҳали бошланиши". Музаффарбек Тўрабоев Жаҳон чемпионатида қўлга киритилган медалига муносабат билдирди 0 09:11Хамзат Чимаев ва Чарльз Оливейра Чеченистонда (ФОТО) 0 08:41Тошкентда 100 000 долларлик шахмат мусобақаси ўтказилади 0

20 avg 20:20
Yangiliklar

Boshqalar, Bolalar sporti

Toshkent viloyatida sendvich panelli sport majmui qurib bitkazildi. U qanday ko'rinishda? (FOTOGALEREYA)

Toshkent viloyatining Toshkent tumanida sendvich panelidan Universal sport majmui qurib bitkazildi.

Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitaciyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakat sportchilarining xalqaro maydonlarda  munosib ishtirok etishini taminlash borasida qator ishlar amalga oshirilmoqda.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 4 dekabrdagi dasturiga asosan, Toshkent viloyati Jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi tasarrufidagi Toshkent tumani Keles yo'li K. G'ofurov ko'chasida joylashgan bolalar-o'smirlar sport maktabi filiallari uchun sendvich panellidan 36x36 o'lchamdagi sport zallari hamda 12x24 hajmdagi suniy futbol maydoni 4 milliard so'mdan oshiq mablag' hisobiga qurib bitkazildi.

Ushbu yangi foydalanishga topshiriladigan universal sport zalida mini futbol, boks, badiiy gimnastika, erkin kurash, turon, karate, badminton sport turlaridan qo'shimcha to'garaklar tashkil etiladi, tuman yoshlarining qariyb 600 nafari muntazam sport bilan shug'ullanishi uchun imkoniyat yaratiladi.

Ushbu sport zalida bir paytning o'zida basketbol, mini futbol, voleybol, gandbol va badminton sport turlari bilan shug'ullanish imkoniyati majud. Bir so'z bilan aytganda, yangidan foydalanishga topshirilayotgan ko'p tarmoqli sport majmui Toshkent tumani bolalar va o'smirlar sport maktabida sportning o'yin turlarini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.

Majmuadan suratlarni tomosha qiling:



FOTO: Alimurod Mamadaminov

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing