29 sen 16:41
Yangiliklar
Engil atletika
Toshkentda engil atletika bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati start oldi
29-30 sentyabr kunlari poytaxtimizda engil atletika bo'yicha Markaziy Osiyo chempionati bo'lib o'tadi.
Ayni paytda musobaqaning bir qator dasturlari bo'yicha saralash bahslari bo'lib o'tmoqda.
Reglamentga ko'ra, turnir o'smirlar va yoshlar toifasida tashkil etilmoqda. Unda vakillarimizdan tashqari Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'iziston va Erondan 1000 nafarga yaqin yosh atletlar g'oliblik uchun kurash olib borishadi.
Qayd etish joiz, ushbu musobaqa barcha terma jamoalar uchun Xanchjou-2022 Osiyo va Parij-2024 Olimpiya o'yinlariga selekciya vazifasini bajarib beradi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar