27 fev 18:22
        Yangiliklar	
	
				
				    Engil atletika			    
				 
				
			 
				Toshkentda engil atletika bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi
Poytaxtimizdagi Respublika olimpiya zaxiralari kollejida o'smirlar va qizlar o'rtasida engil atletika bo'yicha musobaqa o'tkazildi. 
			
200, 400 metr masofaga yugurish bahslarida Oskar Quchmurodov, Umid 
Abdullaev, Anastasiya Zabarina birinchi o'rinni egalladi. 60 metrga 
to'siqlar osha yugurishda Edgard Burxonov va Violetta Peregudova shohsupaning
 eng yuqori pog'onasiga ko'tarildi.
Violetta Peregudova uzunlikka sakrashda Nikita Pak bilan g'oliblikni qo'lga
 kiritdi. Balandlikka sakrashda Milana Hakimova g'alaba qozongan bo'lsa, 
Nikita ushbu yo'nalishda ham oltin medalni qo'lga kiritdi. Yadro uloqtirish 
bellashuvlarida Mikrosh Mamatqulov va Fariza Abduvalievaga teng keladigani
 topilmadi.
		
	
		
		
	
							Javohir Toshxo'jaev, O'zA	
            Havola            :         
                    Manba                : UzA
             
			
Fikrlar