So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

03 may 18:42
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlangan xalqaro turnir boshlandi

Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha birinchi o'zbek grossmeysteri Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlangan “Toshkent open” ananaviy xalqaro turniri boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi hamda mamlakatimiz shaxmat federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan mazkur musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad yoshlar o'rtasida shaxmatni yanada ommalashtirish, sportchilarimizning tajribasini oshirish, o'zbek shaxmat maktabi imkoniyatlari va salohiyatini keng targ'ib etishdan iborat.

Markaziy Osiyodan etishib chiqqan birinchi xalqaro grossmeyster Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlangan “Toshkent open” xalqaro turniri 2007 yildan buyon ananaviy tarzda o'tkazib kelinmoqda.

Musobaqaning ochilishida mamlakatimizda yosh avlodni jismonan sog'lom, manan etuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga etkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga ko'rsatilayotgan katta etibor va g'amxo'rlik samarasida o'zbek shaxmat maktabi vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani takidlandi.

Bugun o'zbek shaxmatchilari barcha nufuzli musobaqalar – qita va jahon chempionatlari, jahon shaxmat olimpiadasi, Osiyo o'yinlarida muntazam yuqori o'rinlarni egallab, mamlakatimizda voyaga etayotgan avlod dunyoda hech kimdan kam emasligi va kam bo'lmasligini amalda isbotlab kelmoqda.

– O'zbekistonda shaxmat bo'yicha yuqori salohiyatli istedodlar juda ko'p, – deydi musobaqa bosh hakami Ashot Vardapetyan (Armaniston). – Yosh shaxmatchilaringizning jahon arenalarida erishayotgan yuksak natijalari mamlakatingizda sportni, jumladan, bolalar sportini rivojlantirishga qaratilayotgan katta etibor va g'amxo'rlik samarasidir.

Bu yilgi xalqaro turnirda Rossiya, Armaniston, AQSH, Belarus, Ozarbayjon, Eron, Indoneziya, Ispaniya, Gruziya, Ukraina, Pokiston, Qozog'iston, Tojikiston va Afg'oniston kabi davlatlardan yuzdan ziyod shaxmatchi g'oliblik uchun dona surmoqda.

11 mayga qadar davom etadigan musobaqada Jahongir Vohidov, Nodirbek Abdusattorov, Alisher Begmurodov, Islombek Sindorov, Humoyun Begmurodov, Gulruhbegim Tohirjonova, Sarvinoz Qurbonboeva, Gulnigor Abdurasulova, Madinabonu Ismoiljonova singari istedodli sportchilarimiz bilan birga ko'plab yosh shaxmatchilar mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Javohir Toshxo'jaev, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing