So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

23 may 09:52
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda Jahon kubogi saralashi boshlandi, Qosimjonov ham shu erda FOTOGALEREYA

Kecha Xalqaro shaxmat akademiyasida Jahon kubogi uchun Markaziy Osiyo saralash musobaqalari start oldi.

Musobaqa oldidan nufuzli turnirning tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi. Turnirda hamyurtlarimiz bilan birga Qozog'iston, Qirg'iziston, Tojikiston va Afg'onistondan tashrif buyurgan 50 nafarga yaqin shaxmatchi ishtirok etmoqda.

Saralash turnirida Jahon chempioni, O'zbekiston faxri Rustam Qosimjonovning ham qatnashayotganligi etiborga molik holat. 

SHuningdek, Nodirbek Yoqubboev, Nodirbek Abdusattorov, SHamsiddin Vohidov, Javohir Sindorov, Gulruhbegim Tohirjonova, Sarvinoz Qurbonboeva, Bahora Abdusattorova, Nilufar Yoqubboeva kabi mahoratli shaxmatchilarimiz ham Jahon kubogi uchun beriladigan yo'llanmani qo'lga kiritish maqsadida dona surmoqda.

Birinchi turda 15 shaxmatchi g'alaba nashidasini surdi. G'olib bo'lganlarning 6 nafari hamyurtlarimiz ekanligi quvonarli. Rustam Qosimjonov, Jahongir Vohidov, Ortiq Nig'matov, Gulruhbegim Tohirjonova, Nilufar Yoqubboeva, Bahora Abdusattorovalar raqiblarini mot qilishga erishdilar.

Bugun saralash bahslarida 2 ta tur bo'lib o'tadi. Biri ertalab soat 09:00 da boshlandi, keyingisi soat 15:00 da start oladi.

Jahon kubogining saralash bosqichi 29 mayga qadar davom etadi.

Alimurod Mamadaminov olgan suratlar

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing