29 sen 09:20
Yangiliklar
Tennis
Toshkentda jarohat olgan tennischi Pekindagi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi
Dunyo reytingining 74-o'rnidan joy olgan latviyalik Elena Ostapenko Xitoy poytaxtidagi musobaqani muvaffaqiyatli boshladi.
Elena “China Open”ning birinchi davrasida chexiyalik Karolina Plishkovaga qarshi bahs olib bordi. 2 soat 26 daqiqa davom etgan bahsda latviyalik tennischi raqibasini 7:5, 3:6, 7:5 hisoblarida taslim etdi.
Eslatib o'tamiz, Ostapenko yaqindagina yakuniga etgan “Tashkent Open” musobaqasida birinchi davraning o'zida jarohat sababli turnirni tark etgandi.
Havola :
Manba : gotennis.ru
Fikrlar