26 apr 16:34
Yangiliklar
SHaxmat
Toshkentda mamlakat chempionati davom etmoqda: sovrin jamg'armasi 75 ming AQSH dollarini tashkil etadi
Poytaxtimizning “Tashkent city” hududida joylashgan “Holiday Inn” mehmonxonasida shaxmat bo'yicha oliy ligada dona surayotgan erkaklar va ayollar o'rtasidagi O'zbekiston chempionati bahslari davom etmoqda.
Sovrin jamg'armasi 75 ming AQSH dollari bo'lgan chempionatda 10 ta tur o'yinlari bo'lib o'tdi. Ayollar bahsida Umida Omonova 10 imkoniyatdan 8,5 ochko to'plab, yakka peshqadam bo'lib turibdi.
Erkaklar o'rtasida kechayotgan bahslarda esa Javohir Sindarov 9 ochko bilan etakchilik qilmoqda.
CHempionat bahslari 1 mayga qadar davom etadi.
Havola :
Manba : UzA
Fikrlar