17 mar 18:47
Yangiliklar
SHaxmat
Toshkentda mukofot jamg'armasi 80 ming AQSH dollari bo'lgan shaxmat turniri boshlandi
Bugun Toshkent shahrida O'zbekistonlik birinchi grossmeyster G.T. Agzamov xotirasiga bag'ishlangan 19-xalqaro shaxmat turnirining ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
Mazkur nufuzli musobaqa 27 martgacha davom etadi hamda unda dunyoning turli davlatlaridan tashrif buyurgan kuchli shaxmatchilar g'oliblik uchun bahs olib boradilar.
Turnir FIDE qoidalari asosida ikki guruhda tashkil etilgan:
Open-A — reytingi 2200 va undan yuqori bo'lgan shaxmatchilar
Open-B — reytingi 0–2199 bo'lgan shaxmatchilar.
Musobaqaning umumiy mukofot jamg'armasi 80 000 AQSH dollarini tashkil etadi.









Havola :
Manba : t.me/Uzbchessfederation
Fikrlar