So’nggi yangiliklar

17:30WBO рейтинги. Ўзбек боксчиларининг ўрни қандай? 0 17:09Исроил Мадримовнинг жанги қолдирилди 0 16:43Муҳаммад Наимов UFC ростеридан чиқарилди 0 16:05Роналду “Ал Насср”нинг “Нефтчи” устидан қозонган ғалабаси ҳақида: “Ўсишда давом этамиз” 0 15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0

20 mar 15:48
Yangiliklar

Engil atletika

Toshkentda "Navro'z-2018" marafoni bo'lib o'tdi + FOTOGALEREYA

Bugun, 20 mart kuni Toshkent shahrida O'zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O'zbekiston engil atletika federaciyasi hamkorligida Navro'z bayramiga bag'ishlangan marafon bo'lib o'tdi.

Marafon yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ular o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, o'zaro madaniy-sport aloqalarni yo'lga qo'yish hamda jismoniy tarbiya va sportni yoshlarning kundalik turmush hayotiga kiritish, shuningdek, sog'lom raqobat muhitini yaratish maqsadida tashkil etildi.

Unda mahallalardagi uyushmagan yoshlar, talim muassasalarida tahsil olayotgan 16-30 yoshgacha bo'lgan yigit-qizlar hamda faxriy sportchi va ko'ngillilar ishtirok etdi. Yugurish musobaqalari poytaxtimizning Nukus, A.Qodiriy, SH.Rashidov, Abay, Navoiy, Mustaqillik ko'chalari bo'ylab tashkil qilindi.

Marafon quyidagi masofalarda o'tkazildi:
1. 2018 metr;
2. 3 km;
3. 21 km.


Bellashuvlar yakuniga ko'ra sovrindorlar ro'yxati quyidagicha ko'rinish oldi:

2018 metr, erkaklar

1-o'rin: Aziz Samadov
2-o'rin: Denis Soldatenkov
3-o'rin: Ruslan Kenjaev
4-o'rin: Samad Rasulov
5-o'rin: O'tkir Rahmonqulov


2018 metr, ayollar

1-o'rin: Nurxon Muhammedova
2-o'rin: Zarina Ziganshina
3-o'rin: Sveta Segal
4-o'rin: Hamida Ahmedova
5-o'rin: Ozoda Ibragimova


21 km, erkaklar

1-o'rin: SHohrux Davlatov
2-o'rin: Vladislav Mamedov
3-o'rin: Ortiq Ramazonov
4-o'rin: Baxtiyor O'tkirov
5-o'rin: Zikrillo Mamatqulov


21 km, ayollar

1-o'rin: Tamila Quchqorova
2-o'rin: O'g'iloy Muzaffarova
3-o'rin: Yana Kachalek
4-o'rin: Elena Zenyuk
5-o'rin: Anna Romanika


3000 metr, erkaklar

1-o'rin: Elyor Davlatov
2-o'rin: Jahongir Rahmatullaev
3-o'rin: Hushmardon Uskenov
4-o'rin: Asror Musurmonov
5-o'rin: Islom Asqarov


3000 metr, ayollar

1-o'rin: Olga Tashelko
2-o'rin: Zarina Yusupova
3-o'rin: Mashhura SHavkatova
4-o'rin: SHaxnoza Tog'aymurodova
5-o'rin: SHahrizoda Nabixonova

Bahslar yakunida g'olib va sovrindorlarga qimmatbaho sovg'alar topshirildi.

Marafonga bag'ishlangan fotogalereyani tomosha qiling.

Suratlar muallifi Abdullo Fayzullaev

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing