So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

09 sen 13:52
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentda “O'zbek sport sanoati – 2018” ko'rgazmasi bo'lib o'tdi

Teglar :  Sport sanoati
7 sentyabr kuni poytaxtimizdagi Taekvondo associaciyasining sport zalida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tomonidan “O'zbek sport sanoati – 2018” ko'rgazmasi tashkil qilindi.

Ko'rgazma sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda shaffof tizimni yaratish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo'llab quvvatlash, ular orasida eng ilg'or sifat ko'rsatkichi yuqorilarini o'rganish maqsadida tashkil etilgan bo'lib, unda 15 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona o'zlarining 90 dan ortiq turdagi mahsulotlari bilan ishtirok etishdi.

Ko'rgazma ochilishida O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri Dilmurod Nabiev so'zga chiqib, mahalliy ishlab chiqaruvchi korxona va tashkilot rahbarlariga sport jihozlarini ishlab chiqarishda, uning sifatiga alohida etibor qaratish lozimligini, sport muassasalari sport jihozlari va inventarlarni xarid qilishda avvalo shu jihatga etibor qaratilishi takidlab o'tdi.

Joriy yilda Respublikamizdagi sport inshootlari uchun Jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish jamg'armasi mablag'lari hisobidan 90 turdagi 30 mlrd. so'mlik sport jihozlari va inventarlarini xarid qilish rejalashtirilmoqda. Ularning barchasi mahalliy ishlab chiqaruvchi korxonalardan sotib olinib, g'oliblarni aniqlashda shaffof va adolatli tizim yo'lga qo'yiladi.

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar, sport sohasi vakillari va barcha qiziqish bildirganlar mazkur ko'rgazmada ishtirok etishdi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing