20 fev 12:27
Yangiliklar
Taekvondo
Toshkentda O'zbekiston va Ozarbayjon taekvondo terma jamoalari qo'shma yig'in o'tkazmoqda
Xabaringiz bor, taekvondo WT bo'yicha terma jamoalarimiz uchun yil boshidan buyon muntazam ravishda o'quv-mashg'ulot yig'inlari o'tkazib kelinmoqda.
Hozirgi kunda mazkur o'quv-mashg'ulot yig'inlari "Yangi O'zbekiston Olimpiya cho'qqilari" musobaqasi g'olib va sovrindorlari, barcha viloyatlardan kelgan yosh va istedodli taekvondochilar, yoshlar terma jamoasi, kattalar terma jamoasi, shuningdek, Ozarbayjon milliy terma jamoasi ishtirokida o'tkazilmoqda.
Qo'shma o'quv-mashg'ulot yig'inidan ko'zlangan asosiy maqsad — terma jamoaga nomzod sportchilarni saralash, oldinda turgan nufuzli musobaqalarga, jumladan, Toshkent mezbonligida o'tadigan yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatiga munosib tayyorgarlik ko'rishdir.
Havola :
Manba : taekwondo.uz
Fikrlar