So’nggi yangiliklar

15:29IBF рейтингидан тўрт нафар ўзбекистонлик боксчи ўрин олди 0 14:45Баҳодир Жалоловнинг Лондондаги жанги жонли эфирда кўрсатиладими? 0 14:19Ислам Махачевнинг кейинги рақиби ва жанг санаси ҳақида маълумотлар тарқалди 0 13:44Sofascore. Кечаги учрашувда "Пахтакор" футболчилари неча баҳога лойиқ кўрилди? 0 13:13Евлоев Волкановскини "стойка"да синаб кўрмоқчи 0 12:42Зверев мавсумни расман дунёнинг биринчи ракеткаси мақомида якунлайди 0 12:11Пётр Ян ўта енгил вазндаги жангига 12 кун қолгандаги спорт формасини кўрсатди (ФОТО) 0 11:40Брендан Рожерс: "Спортда битта жамоа фаворит бўлиши мумкин, лекин бу ҳар доим ҳам натижани кафолатламайди" 0 11:09WTA рейтинги янгиланди. Етти теннис маликамиздан олти нафари кўтарилди 0 10:38UFC собиқ чемпиони Пенья RAF лигасида дебют қилади + ПОСТЕР 0 10:07Майкл Пейж: "Мен ўзимдан кишанларни ечиб ташладим" 0 09:36Ислом Исмоилов кечаги учрашувдан сўнг нималар деди? 0 09:05Брендан Аллен ўзи учун мантиқий бўлган ягона жангни айтди 0 08:34Абдулрашид Садулаевнинг Абу-Даби турниридаги рақиби эълон қилинди + ПОСТЕР 0 08:03Фьюри – Жошуа жанги бокс тарихидаги энг кассабоп жанглар рўйхатида тўртинчи ўринни эгаллади 0

23 apr 17:55
Yangiliklar

Engil atletika

Toshkentda para engil atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati boshlandi + FOTO

So'nggi yillarda yurtimizda aholi salomatligini mustahkamlash hamda ommaviy sport targ'ibotiga alohida ahamiyat qaratilmoqda.

Etiborlisi, bu jarayondan paralimpiya sport turlari ham chetda qolayotgani yo'q.

Xususan, jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi bo'lgan shaxslar o'rtasida sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish, ularning sport bilan muntazam shug'ullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish yo'lida ko'plab ishlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, 2021 yilning 18 may kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan imzolangan “Paralimpiya harakatini rivoj-lantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida”gi Qaror mamlakatimizda Paralimpiya harakatini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilmoqda. 


Prezidentimizning 2021 yil 5 noyabrda imzolagan “2024 yil Parij shahrida (Franciya) bo'lib o'tadigan XXXIII yozgi Olimpiya va XVII Paralimpiya o'yinlariga o'zbekiston sportchilarini kompleks tayyorlash to'g'risida”gi 5281-sonli qarori ijrosini sifatli tashkil etish maqsadida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi bir qator chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqqan. 


Jumladan, mamlakatimizda iqtidorli sportchilarni saralab olib, kelajakda yurtimiz sharafini munosib himoya qiladigan para atletlarni tayyorlash ham ustuvor vazifa sifatida belgilab olingan.

23-24 aprel kunlari para engil atletika bo'yicha O'zbekiston chempionati o'tkazilmoqda. Unda respublikamizning barcha xududlaridan 250 nafardan ortiq sportchi ishtirok etmoqda. Musobaqaning ochilish marosimida O'zbekiston Milliy paralimpiya qo'mitasi rahbariyati, trenerlar va mutaxassislar ishtirok etdi. Ushbu musobaqadan ko'zlangan asosiy maqsad – mamlakat terma jamoasiga asosiy va zaxira tarkibini shakllantirishdan iborat.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing