05 mar 19:35
Yangiliklar

Toshkentda qilichbozlik bo'yicha musobaqa boshlandi
Bugun poytaxtimizdagi “Paxtakor” qilichbozlik zalida ushbu sport turi bo'yicha bolalar va o'smirlar o'rtasida Toshkent ochiq kubogi start oldi.
Unda 2007-2008 va 2009-2010 yillarda tug'ilgan bolalar shpaga, rapira hamda sablya yo'nalishlari bo'yicha bahs olib borishmoqda.
Faqat yakkalik yo'nalishida kechadigan ushbu musobaqa xalqaro maqomda bo'lib, Respublikamizning turli viloyatlaridan tashqari qo'shni Qozog'iston va Tojikistondan kelgan yosh qilichbozlar ham ishtirok etishmoqda. Takidlash joiz, bunday musobaqalar o'smirlar terma jamoasi murabbiylari uchun yosh va iqtidorli sportchilarni saralab olish, katta terma jamoamiz uchun munosib nomzodlarni tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.
Havola :
Manba : olympic.uz
Fikrlar