So’nggi yangiliklar

21:18Ал аш-Шайх “Канело” Ар-Риёдда жанг қилишга тайёрлигини маълум қилди 0 20:41Хорхе Масвидаль UFC’га қайтиш бўйича музокара олиб бормоқда 0 19:59Расман. Дмитрий Биволнинг навбатдаги жанги тасдиқланди (ПОСТЕР) 0 18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0

17 apr 15:39
Yangiliklar

Boshqalar, SHaxmat

Toshkentda shashka bo'yicha Osiyo chempionati davom etmoqda

Teglar :  SHashka
Poytaxtimizda 64 va 100 katakli shashka bo'yicha bolalar, o'smirlar, yoshlar va kattalar o'rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, mamlakatimiz shashka federaciyasi, Osiyo shashka konfederaciyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada o'ndan ziyod davlatdan ikki yuzga yaqin sportchi g'oliblik uchun bahslashmoqda.

Musobaqaning ochilishida mamlakatimizda sportni rivojlantirish, o'sib kelayotgan yosh avlodni sog'lom va barkamol, yuksak intellektual salohiyatli insonlar etib voyaga etkazishga alohida etibor qaratilayotgani takidlandi.

Buning samarasida yoshlar o'rtasida shashka ham keng ommalashib, qita va jahon chempionatlari, xalqaro miqyosdagi musobaqalarda munosib qatnashayotgan sportchilar etishib chiqmoqda, mamlakatimiz mazkur sport turi bo'yicha nufuzli chempionatlarga mezbonlik qilmoqda.

Jumladan, 2013 va 2015 yillarda poytaxtimizda Osiyo chempionati tashkil etilgani buning isbotidir. 2013 yilgi chempionatda terma jamoamiz azolari 15 oltin, 12 kumush va 15 bronza medalni qo'lga kiritib, umumjamoa hisobida birinchi o'rinni egalladi. 2015 yilgi musobaqalarda sportchilarimiz 34 oltin, 27 kumush, 24 bronza medalni qo'lga kiritib, Osiyoda tengsiz ekanini yana bir marta isbotladi.

Bu yilgi chempionatda Abduqodir Toshtemirov, Alisher Ortiqov, Samandar Kalonov, Sayyora Yo'ldosheva kabi tajribali shashka ustalari bilan birga yosh iqtidor egalari mamlakatimiz sharafini himoya qilmoqda.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing