01 iyu 16:41
Yangiliklar
Paralimpiya

Jahon chempionatida tengsiz bo'lgan para shashkachilarimiz Vatanimizga qaytishdi
Yakunlanayotgan hafta Turkiyaning Antaliya shahrida para shashka bo'yicha Jahon chempionati bo'lib o'tdi.
Quvonarlisi, mazkur dunyo birinchiligida ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi azolari bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qo'lga kiritishdi. SHuningdek, terma jamoamiz klassik jamoaviy yo'nalishda sakkizta davlatdan kelgan 70 nafardan ortiq sportchilar orasida birinchi o'rinni egalladi.
Matonatli para shashkachilarimiz yurtimizga qaytib kelishdi. Ularni Vatan ostonasida Sport vazirligi hamda Ko'zi ojizlar sport federaciyasi rahbariyati tantanali qarshi olishdi. Mutasaddilar terma jamoamiz delegaciyasini ushbu yuksak natija bilan tabriklab, kelgusida bo'ladigan nufuzli musobqalarda ham omad tiladi.
Havola :
Manba : minsport.uz
Fikrlar