So’nggi yangiliklar

20:20ПСЖ оғир жароҳат олганига қарамай, Кварацхелия билан шартномани 2032 йилгача узайтирмоқчи 0 19:33Хирн: "Дана Уайт ва UFC Фьюри — Жошуа жангини ташкил қилмайди" 0 18:44Сехудо Стерлингни Пётр Яндан устун қўймоқда 0 17:53Волкановски Жастин Гэтжига камаридан воз кечишни таклиф қилди 0 17:02Каррик: "Мен айбни тўлиқ ўз зиммамга оламан" 0 16:16Ўзбекистон профессионал бокс федерацияси уч спортчини четлатиш масаласини кўриб чиқмоқда 0 15:20Теремоанани Жалолов билан эҳтимолий жангдан огоҳлантиришди 0 14:43Дю Плесси жамоаси Анкалаев билан жанг таклифини рад этган 0 13:56МЮ сардори кечаги мағлубиятдан сўнг мураббийлар штабини кескин танқид қилди 0 13:44Ислам Махачев Ўзбекистонга келади 0 13:13Жаҳон чемпионати олдидан Ўзбекистон таркибида икки ўзгариш юз берди. Разамбек Қозоғистонга бормайди! 0 12:21Шоҳжаҳон Эргашев чақирувларга жавоб қайтарди 0 11:34Мовсар Евлоев: "Аввал чемпионлик камарини қўлга киритаман, кейин эса тажриба ўтказамиз" 0 10:24"Жуда яхши рақиблар". Карпин — Россия терма жамоасининг Ўзбекистон ва Венесуэлага қарши ўйинлари ҳақида 0 09:40Ҳозирда шахмат тарихидаги энг ёш гроссмейстер ким? 0

01 apr 17:30
Yangiliklar

SHaxmat

Toshkentda shaxmat bo'yicha Osiyo chempionati start oldi

Teglar :  SHaxmat
Poytaxtimizda shaxmat bo'yicha 8-18 yoshgacha o'g'il-qizlar o'rtasida Osiyo chempionati boshlandi.

O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi, mamlakatimiz shaxmat federaciyasi va Osiyo shaxmat federaciyasi hamkorligida tashkil etilgan nufuzli musobaqada qitamizning yigirmaga yaqin davlatidan to'rt yuzga yaqin shaxmatchi g'oliblik uchun bahslashmoqda.

Musobaqaning ochilishida mamlakatimizda navqiron avlodni jismonan sog'lom, manan etuk, yuksak intellektual salohiyatli etib voyaga etkazish, sportning barcha turlari qatori shaxmatni izchil rivojlantirishga ko'rsatilayotgan ulkan etibor va g'amxo'rlik samarasida o'zbek shaxmat maktabi vakillari nufuzli xalqaro musobaqalarda yuqori natijalarga erishayotgani takidlandi.

– O'zbekistonda sport rivojiga katta etibor qaratilayotganini dunyo sport jamoatchiligi keng etirof etmoqda, – deydi musobaqa bosh hakami M.Gopakumar (Hindiston). – Bu mamlakatingiz yosh sportchilarining xalqaro maydonlardagi yuksak g'alabalarida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Kishidan yuksak intellektual salohiyat talab qiladigan mazkur sport turi bo'yicha maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatlari, kattalar, yoshlar va o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatlari, xalqaro turnirlarda g'olib va sovrindor bo'layotgan iqtidorli shaxmatchilarimiz safi kengayib bormoqda. Ayniqsa, Nafisa Mo'minova, Hulkar va Gulruhbegim Tohirjonovalar, Nodirbek Abdusattorov va Bahora Abdusattorova, Islombek va Javohir Sindorovlar, Nodirbek Yoqubboev va Nilufar Yoqubboeva singari bir oiladan bir nechta iqtidorli shaxmatchilarning etishib chiqayotgani quvonarlidir.

2016 yilgi sport mavsumi shaxmatchilarimiz uchun muvaffaqiyatlarga boy bo'ldi. Birlashgan Arab Amirliklarining Abu-Dabi shahrida tashkil etilgan jamoaviy Osiyo chempionati – Osiyo millatlari kubogida O'zbekiston xotin-qizlar terma jamoasi standart va rapid shaxmat bo'yicha kumush medalga sazovor bo'ldi. Yosh shaxmatchilarimiz Rossiyaning Sochi shahrida o'tkazilgan maktab o'quvchilari o'rtasidagi jahon chempionatida 3 oltin, 2 kumush va 3 bronza medalni qo'lga kiritdi.

So'nggi yillarda mamlakatimiz ko'plab yirik shaxmat musobaqalarini yuksak saviyada o'tkazish bo'yicha katta tajriba to'pladi. Jahon chempionlari Rustam Qosimjonov va Vishvanatan Anand (Hindiston) o'rtasidagi o'rtoqlik uchrashuvi, Gran-pri musobaqalari, kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati, Sohibqiron Amir Temur tavalludining 680 yilligiga bag'ishlangan jahon shaxmat yulduzlari o'rtasidagi xalqaro turnir, birinchi o'zbek grossmeysteri Georgiy Azamov xotirasiga bag'ishlangan “Toshkent open” ananaviy xalqaro turniri kabi musobaqalar shular jumlasidandir.

Osiyo chempionatida Vatanimiz sharafini Alixon Avazxonov, Xumoyun Begmurodov, Islombek Sindorov, Davlat Mahmudjonov, Oqjo'l Rahmatullaev, Javohir Sindorov, Nodirbek Abdusattorov, Nodirbek Yaqubboev, Abdimalik Abdisalimov, Saidakbar Saydaliev, Ortiq Nig'matov, Afro'za Hamdamova, Odina Olimova, Zilola Aktamova, Umida Omonova, Maftuna Bobomurodova, Yuliya Xegay, Dilbar Hamroeva, Asal Salimova, Gulruhbegim Tohirjonova, Bahora Abdusattorova, Nilufar Yoqubboeva kabi iqtidorli shaxmatchilarimiz himoya qilmoqda.

Bayram Aytmurodov, Javohir Toshxo'jaev, O'zA

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing