12 apr 09:18
Yangiliklar
Toshkentda taekvondo bo'yicha Jahon chempionati start oldi, bugun uch nafar hamyurtimiz medal uchun bahs yuritadi
Xabar berganimizdek, joriy yilgi dunyo birinchiligida 115 ta mamlakatdan jami 1500 nafarga yaqin sportchi va murabbiylar ishtirok etishmoqda. Yosh taekvondo ustalari 20 ta vazn toifasidagi (yigitlar 10 ta, qizlar 10 ta vazn toifasida) medallar uchun kurash olib borishadi. Yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatida 2009 yil 1 yanvardan 2011 yil 31 dekabrgacha tug'ilgan sportchilar ishtirok etishadi.
Bugun, musobaqaning ilk kunida yigitlar +78 kg, qizlar esa 46 kg, 59 kg vazn toifalaridagi bahslarda ishtirok etishadi.
Unda yurtimiz sharafini quyidagi sportchilar himoya qilishadi:
Alisher Pak (+78 kg)
Komila Sultanova (46 kg)
Viktoriya Denisenko (59 kg).
12 aprel kuni uchun dastur vaqtlari:
9:00 — 13:30 (Saralash bosqichi)
14:30 — 16:30 (Nimchorak va chorak final bosqichi)
16:30 — 17:30 (Yarim final bosqichi)
18:00 — 19:00 (Ochilish marosimi)
19:15 — 20:15 (Final bosqichi).
Fikrlar