So’nggi yangiliklar

19:06Исраэль Адесанья Чимаевни танқид қилди 0 18:45Александр Усик фаолиятини якунлаш режасини ўзгартирди 0 18:24FIFA Series турнири олдидан Венесуэлада йўқотиш 0 18:01"Агар UFC Жон Жонсни ҳурмат қилмаса, умуман кимни ҳурмат қилади?" - Фрэнсис Нганну 0 17:44Александр Усик: "Жошуа 2027 йилда мутлақ жаҳон чемпиони бўлади" 0 17:25Боксчиларимизнинг катталар ўртасидаги Осиё чемпионатида қатнашадиган таркиби маълум бўлди 0 17:17Эдди Хирн Жошуа — Уайт жанг ҳақидаги миш-мишларга муносабат билдирди 0 16:51Нидерландия ЖЧ-2026 ни бойкот қилиши мумкин: 170 мингдан ортиқ имзо тўпланди! 0 16:30Сузувчиларимиз Тожикистондаги халқаро турнирда 45 та медални қўлга киритишди 0 16:08Долидзе: "Рози эмасман..." 0 15:49Фомин Хитой турнирини ғалаба билан бошлади 0 15:30"Реал"да масхарабозлик: Клуб шифокорлари юлдузларни бепул ChatGPT орқали "даволашган"! 0 15:15Акбар Жўраев номидаги спорт мактаби очилди (ФОТО) 0 14:52Ҳасанбой Дўсматовнинг кейинги рақиби аргентиналик боксчи бўлади — boxrec 0 14:25Синхрон сузувчиларимиз Париж Жаҳон кубогида қатнашади 0

14 jan 09:42
Yangiliklar

Engil atletika

Toshkentda Vatan himoyachilari kuniga bag'ishlangan musobaqa tashkil etildi

Teglar :  Engil atletika
O'zbekiston Qurolli kuchlari tashkil etilganiga roppa-rosa 27 yil to'ldi.

SHu munosabat bilan O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi hamda O'zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamkorligida poytaxtimizda yugurish musobaqasi tashkil qilindi. 10 km masofaga o'tkazilgan bellashuvlarda 500 nafardan ziyod ishtirokchi o'z omadini sinab ko'rdi.

Qatnashchilar Mirzo Ulug'bek ko'chasidan «Xalqlar do'stligi» maydonidagi marragacha yugurishdi.

Erkaklar o'rtasidagi bahslarda SH.Davletov, V.Mamedov, Z.Mamatqulov, E.Fadeev, A.Petrov, B.Safarov marraga birinchilardan bo'lib etib kelishdi. Ayollar o'rtasida esa E.Tunguskova, M.Xmelevskaya, M.Muhitdinova, Z.Xudoyberdieva, V.Grishina, M.Baratova kuchli oltilikni tashkil etib berishdi.

«Bugungi musobaqa men uchun juda omadli bo'ldi. Bahslarda birinchi o'rinni oldim. Yil ajoyib boshlanganidan xursandman. Sport bilan barcha shug'ullanishi lozim. Bu sog'liq uchun juda foydali. Yaqinlashib kelayotgan bayram, 14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bilan barchani tabriklayman», – dedi musobaqa g'olibasi Ekaterina Tunguskova.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing