So’nggi yangiliklar

18:26ЕЧЛнинг олти карра ғолиби Тошкентга келмади 0 17:55Сакен Бибосинов оғир жароҳат сабаб шифохонага ётқизилди 0 17:24Тошкентда илк бор стол тенниси бўйича Осиё чемпионати ўтказилади 0 16:53Ян Непомняшчий Синдаров - Гукеш ўйинига тахмин билдирди 0 16:22"Пахтакор" ва "Нефтчи"нинг Саудия Арабистони клублари билан ўзаро ҳисоб-китоби 0 15:51Ўзбекистон гимнастлари Роттердамдаги Жаҳон чемпионатида қатнашади 0 15:20Евлоев Волкановскига қарши жангда UFC`нинг ноёб рекордини ўрнатиши мумкин 0 14:49Ферстаппен Сингапур Гран-присида илк бор ғалаба қозонди 0 14:18Ўзбек клубларининг "Ал Насср" билан ўйинлардаги статистикаси қандай? 0 13:47Осиё ўйинларида ғалаба қозонган Жасурбек Жайсунов Париж Гран-присида ҳам шоҳсупага кўтарилди! 0 13:16Жон Жонс UFC`га қайтишни ҳали ҳам истисно этмаяпти 0 12:45"Бағрикенг эркак". Райан Гарсия Арнольд Шварценеггер билан учрашди (ФОТО) 0 12:14Элит ОЧЛ. Бугун икки клубимиз Саудия Арабистони жамоалари билан ўйнайди 0 11:43Нодирбек Абдусатторов: “Жавоҳир ниҳоятда истеъдодли, ҳатто мендан ҳам” 0 11:12Бивол ўзи учун энг муҳим уч рақибни айтди 0

16 iyu 17:38
Yangiliklar

Boshqalar

Toshkentda Workout uchun birinchi bepul maydoncha ochildi+FOTO

Yunusobod tumanidagi “Yunusobod” mahallasida vorkaut (Workout) mashqlari uchun birinchi bepul maydoncha paydo bo'ldi.

Qurilish g'oyasi - loyihalashdan tortib to bajarilgunicha hamda moliyalash mamlakatimizdagi mahalliy Buka brendi tomonidan amalga oshirildi. Maydoncha vorkaut uchun barcha zarur snaryadlar bilan jihozlangan va hamma yoshdagi kishilarning shug'ullanishi uchun mo'ljallangan.

Maydoncha zarur sifat standartlariga rioya qilingan holda bajarilgan. Barcha snaryadlar O'zbekistonda ishlab chiqarilgan va Street Workout Uzbekistan hamjamiyatining tajribali vorkaut sportchilari tomonidan test sinovlaridan o'tkazilgan. 

Hamjamiyat sportchilari ochilishga yig'ilgan mahalla ahliga master-klass namoyish etishdi. Mahalla ahli, yoshu qari, hammasi katta qiziqish bilan yondashishdi, barcha snaryadlarni tekshirib chiqishdi. Loyiha mualliflari obekt bir kun ham bo'sh turmasligiga, atrofdagi uylarda yashovchi kishilarning sevimli dargohiga aylanishiga ishonch bildirishdi.  

Buka Boxing Sports Wear kompaniyasi O'zbekistonda sog'lom turmush tarzining ommalashuvi va sportning rivojlanishida faol ishtirok etmoqda. Kompaniya yaqin kunlarda vorkaut maydonchalarini boshqa tumanlarda ham qurib, shahar aholisiga beg'araz berishni rejalashtirmoqda. 

Uylarga bevosita yaqin bo'lgan bunday maydonchalar bolalarimizning sport bilan shug'ullanishlariga, o'z vaqtlarini foydali va mazmunli o'tkazishlariga garov bo'ladi.  

“Biz boshqa kompaniyalar ham bu tashabbusni qo'llab-quvvatlashadi va ochiq havoda sport bilan shug'ullanish mamlakatimiz bo'ylab keng quloch yoyadi, degan umiddamiz. SHunda mahallaning har bir azosiga, ayniqsa bolalarga sport bilan bemalol shug'ullanish imkoni tug'iladi”, - dedi Buka Boxing Sports Wear kompaniyasi direktori Otabek Anvarov.

Vorkaut – bu bruslarda, turniklarda, polda mashqlardir. Bazi elementlari gimnastikadan olingan, bazilari yangidan o'ylab topilgan. Yani, bu mutlaqo yangi ko'cha madaniyatidir. SHunisi muhimki, vorkautning har bir mashqida badanning barcha mushaklari o'z og'irligi tufayli ishlaydi. Agar doimiy ravishda shug'ullanilsa, kuch va chidamlilik yaxshi rivojlanadi.

Reyting:    

Fikrlar

< so’nggi yangiliklarni ko’rish

Olamsport ni Facebook da o’qish
uchun "Yoqdi"ni bosing