21 iyu 10:30
Yangiliklar
Toshkentdan Orol dengizigacha avtoralli o'tkaziladi
Musobaqani o'tkazishdan asosiy maqsad - oldinlari dunyoda kattaligi bo'yicha to'rtinchi o'rinda turgan Orol dengizining hozirgi holatini ko'rish, insonlarning tabiat boyliklaridan unumsiz foydalanishlarining oqibatlarini dunyoga tanitib, bundan tegishli xulosa chiqarish.
Musobaqada xohlagan odam qatnashishi mumkin. Ishtirok etish uchun 1850000 so'm lozim.
Musobaqa tashkilotchilari ishtirokchilarga barcha sharoitlar bilan qulayliklarni yaratishni vada qilmoqda. Rallida o'z avtotransportida ishtirok etuvchi fuqarolarni yo'l davomida texnik yordam mashinalari kuzatib boradi.
O'tkazilgan tur telekanallardagi ko'ngilochar dasturlarda namoyish etiladi. SHuningdek, ishtirokchilar eng yaxshi mehmonalarda tunab, tibbiy sug'urtaga ega bo'ladi.
Fikrlar